O‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYaLAR PROFILAKTIKASI
Qish faslida aholi orasida yuqori nafas yo‘llari shamollashi kabi kasalliklar ko‘payadi. Havoning sovushi tananing qarshiligini kamaytirib, uni shamollash bilan bog‘liq xastaliklarga beriluvchan qilib qo‘yadi.
Rinit, loringit faringit va bronxit – sovuq fasl kasalliklaridir. Aksariyat bemorlar unga e’tibor bermasdan oyoqda o‘tkazadilar. Vaholanki, bu xil shamollashlar o‘zidan turli asoratlar qoldirishi mumkin.
Bu kasalliklar burun oqishi, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal, et uvishishi, umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi kasalliklarini tarqatuvchi viruslarning turlari nihoyatda ko‘p. Ular inson organizmiga tushgandan keyin organizm immun tizimi qanchalik past bo‘lsa, kasallik shunchalik og‘ir kechadi.
Bolalarda esa yuqori nafas yo‘llari xastaliklari tomoq-burun, halqum, nafas yo‘llaridagina emas, quloqqa ham o‘tishi kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda ehtiyotkorlik bilan yo‘l tutilmasa bu kasalliklarning asorati anchagacha davom etishi mumkin.
O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xoxlasangiz, o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:
- O‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yotishni va shifokorni uyiga chaqirishni;
- kasallikni oyokda o‘tkazmaslikni;
- shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutishni;
- agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishni;
- bemorga qarayotganlar burun va og‘izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishlari va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishlarini;
- Bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tazalov ishlarini amalga oshirishni;
- bemorlarga ko‘proq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilinishi tavsiya etiladi;
- kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxonaga, o‘qishga, kinoteatlarga, konsert zallariga, yig‘ilishlarga, mehmonga) bormaslikni;
- yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burninni ro‘molcha bilan yopishni;
- o‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmaslikni!
Kasallikni oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, ochiq havoda yurish, o‘z vaqtida ovkatlanish alohida ahamiyatga ega. Ko‘prok sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta bosh kiyim kiyish, oyoqlarni issiq bo‘lishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda (dekabr, yanvar, fevral) oylarida nafaqat epidemik jihatdan muxim bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar ishchi-xizmatchilariga balki barcha fuqoralarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.
Kasallik qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, inson salomatligi va turmush farovonligiga jiddiy putur yetkazadi. Shu bois, sog‘ligimizga bo‘lgan mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot bo‘laylik. Unutmang, kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Pentavalent vaksinasi haqida nimalarni bilasiz?25-12-2024, 14:49
GEPATIT QANDAY KASALLIK?28-07-2025, 09:34
BARChA KASALLIKLARNING 80 FOIZI IFLOSLANGAN SUV ORQALI YuQADI17-07-2025, 11:07
Diareya kasalligidan yaqinlaringizni asrang!24-03-2025, 10:09
Xalqimizda un mahsulotlaridan tayyorlanadigan yeguliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.30-01-2025, 15:11