Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Xalqimizda un mahsulotlaridan tayyorlanadigan yeguliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.

Xalqimizda un mahsulotlaridan tayyorlanadigan yeguliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.

30-01-2025, 15:11
37
‼️ Unga ishlov berish chog‘ida tarkibidagi ozuqaviy moddalarning aksariyat qismi yo‘qolib ketadi. Shuning uchun barcha kerakli moddalarni yana unga qaytarish lozim. 

Qanday qilib deysizmi?

✅ Bunga faqat unni boyitish bilan erishish mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tegirmonlarda un ishlab chiqarilayotganda un vitaminlar, foliy kislotasi va temir moddasi bilan to‘yintiriladi. Bu moddalarga ishlov berish jarayonida qiymatini yo‘qotmasligi uchun yakuniy bosqichda qo‘shiladi. 

📌 Mikronutrientlar inson organizmiga kam miqdorda (odatda kuniga 100 mg dan kam) zarur bo‘lgan elementlar hisoblanadi. 

✔️ Mikronutrientlar tarkibiga inson tanasi o‘z-o‘zidan hosil qila olmaydigan mikrominerallar va vitaminlar kiradi. Ular metabolizm, inson miyasi va asab tizimining ishlashi, qon ivishining oldini olish va immun tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. 

✔️ Mikroelementlarning ovqatlanish ratsioniga muntazam ravishda qo‘shilishi salomatlikni saqlash va mustahkamlashning oddiy va juda samarali usuli hisoblanadi.

Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.