Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Diareya kasalligidan yaqinlaringizni asrang!

Diareya kasalligidan yaqinlaringizni asrang!

24-03-2025, 10:09
24
👫Bolalar o‘rtasida diareya, ya’ni, ichburug‘ kasalligi ko‘p uchraydi. Diareyaning bakteriyali va virusli turlari bor. Uning bakteriyali turi salmonellez, dizenteriya, ichak tayoqchasi, shartli patogen mikroorganizmlarning organizmdagi muvozanati buzilishi tufayli yuzaga keladi. Virusli turi esa oziq-ovqat va havo orqali yuqadi. Bu kasalliklarning yuqishiga, asosan, tozalik, shaxsiy gigienaga yetarli rioya etmaslik, suvni qaynatmay ichish, sifati talabga javob bermaydigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish, meva-sabzavotlarni tozalab yuvmay, sifatiga e’tibor bermasdan yeyish sabab bo‘ladi.

✳️ Diareya kasalligini  yengishda, avvalo, organizmdagi suv balansini ta’minlash muhim! Ya’ni bemor zarur miqdorda suyuqliklarni qabul qilmasa, qisqa vaqt ichida ahvoli og‘irlashishi mumkin.

✳️ Ayniqsa, xastalikka  chalingan  bolalarga o‘z  vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, ularda infeksion-toksik  shok, neyrotoksikoz, ichaklar  buralib  qolishi  kabi  og‘ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

❌ Diareyani  davolashda o‘zboshimchalik bilan antibiotiklarni qo‘llash vaziyatni  og‘irlashtirishi mumkin. 

‼️ 
Shunday ekan, diareya kasalligining oldini olishda  ota-onalar bahor, yoz mavsumida bolalarining ovqatlanish ratsioni, ular iste’mol qilayotgan mahsulotlar sifati, yaroqlilik muddati,   xavfli bakteriya va viruslar bilan zararlanmaganligi hamda farzandlarining qo‘llari ozodaliligiga nihoyatda e’tiborli bo‘lishlari zarur.

Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.