BARChA KASALLIKLARNING 80 FOIZI IFLOSLANGAN SUV ORQALI YuQADI
💧Suv xalqimizda eng bebaho ne’mat sifatida qadrlanadi, chunki suv hayot manbaidir.
🔴 Oxirgi vaqtlarda ochiq suv havzalariga tashkilot va korxonalar tomonidan noqonuniy ravishda oqova suvlarni tashlab, ifloslantirish hollari uchrab turibdi.
‼️ Suvning ifloslanishi suv orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik, ayniqsa bolalar ochiq suv havzalarida cho‘milganda ifloslangan suvni yutib yuborishi ham turli yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
🔷 Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlari dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqishini aniqladilar.
🔷 Suvning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatitning A turi kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘tkir ichak infeksiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qo‘zg‘atuvchilar va viruslar chaqiradigan, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, intoksikatsiya, degidratatsiya (suvsizlanish) hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasallikdir.
Qorin tifi, dizenteriya kasalliklarining asosiy belgilari tana haroratining 38-39S gacha ko‘tarilishi, qorinda tutib-tutib og‘riq paydo bo‘lishi, axlatning tez-tez, yiring va qon aralash qattiq og‘riq bilan kelishi, darmonsizlik va bosh og‘rig‘i hisoblanadi.
Virusli gepatitning A va Ye turlari umumiy holsizlik, ishtahasizlik, ko‘ngil aynishi, ovqatlangandan so‘ng qayt qilish, shilliq qavat va terining sarg‘ayishi bilan kechadi.
🟢 Butun Markaziy Osiyo mintaqasi kabi O‘zbekiston Respublikasi uchun ham toza suv muammosi atrof-muhit gigienasi va sanitariyasining boshqa masalalari qatorida dolzarb muammo bo‘lib kelgan.
‼️ O‘zbekiston Respublikasi “Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha Konvensiyaning Suv va salomatlik muammolari bo‘yicha Bayonnoma”ni imzolamagan bo‘lishiga qaramay, mamlakatimiz hukumati tomonidan aholiga ichimlik suvi sifatini yaxshilash va ichimlik suvi manbalarini turli ifloslanishlardan himoya qilishni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqori sifatli ichimlik suvini zarur miqdorda va uning xavfsiz sifati bilan ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
✅ Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki O‘zbekiston Respublikasining “Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha Konvensiyaning Suv va salomatlik muammolari bo‘yicha Bayonnomasi”ga qo‘shilish orqali quyidagi natijalarga erishiladi, jumladan:
✅ suv ta’minoti,
✅ sanitariya, gigiena va sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy maqsadlarni belgilash va amalga oshirish,
✅ ichimlik suvi sifatini monitoring qilish va
✅ suv bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda
✅ nazorat qilish bo‘yicha milliy salohiyatni kuchaytirish va
✅ xavfsiz suv ta’minotiga erishish uchun maxsus vositalarni jalb qilishga;
✅ suv orqali yuqadigan kasalliklar ko‘rsatkichini kamaytirish, profilaktik tadbirlarni kengaytirish hamda sanitariya va gigiena xizmatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Diareya kasalligidan yaqinlaringizni asrang!24-03-2025, 10:09
LEYShMANIOZLAR TO‘G‘RISIDA NIMALARNI BILISh KERAK?24-03-2025, 10:10
Virusli gepatit "A" kasalligidan ogoh bo‘ling!20-01-2025, 11:11
O'tkir yuqumli ichak kasalliklari yuqishidan saqlaning!16-07-2025, 11:30
Gepatit S kasalligidan to‘liq sog‘ayishning imkoni bor24-03-2025, 10:08