O‘ZBEKISTON AHOLISINING YaRMI OG‘IR VAZNGA EGA
‼️ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
🔹 har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qilmaydi;
🔹aholining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz;
🔹 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;
aholining o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.
‼️ Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.
❇️ Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.
🔴 Shu o‘rinda jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik,
🔹tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish,
🔹shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatiga to‘xtalib o‘tsak.
🔻Birinchidan, yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish,
🔻Ikkinchidan, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.











