SOG‘LOM OVQATLANISH PIRAMIDASI
‼️ Ovqatlanish inson salomatligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu tufayli butun dunyoda sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi taomnomalar yaratish borasida muntazam izlanishlar olib borilgan va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Izlanish va tadqiqotlarning umumqabul qilinganidan biri Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Garvard jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi tomonidan taklif etilgan sog‘lom ovqatlanish piramidasi hisoblanadi. Unda ratsional ovqatlanish chizma holida tasvirlangan va ushbu piramida 2005 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan sog‘lom ovqatlanish asosi sifatida butun dunyo aholisi orasida qo‘llashga tavsiya etilgan.
❇️ Piramidaning asosini boshoqlilar, dukkaklilar, kartoshka, yorma, guruch va shunga o‘xshash mahsulotlar, undan keyingi bosqichlarni esa ho‘l mevalar, sabzavotlar, go‘sht, baliq, tovuq, pishloq, sut mahsulotlari, sariyog‘, tuxum kabilar tashkil etib, so‘nggi bosqich, ya’ni piramida cho‘qqisi qandolat mahsulotlari, shakar, tuz va yog‘lar bilan yakunlanadi.
Aslida, serquyosh respublikamiz hududida inson salomatligi uchun neki zarur bo‘lsa, barchasi mavjud. Ya’ni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan barcha dehqonchilik mahsulotlari — mevalar, vitaminlarga boy poliz ekinlari, ko‘katlar va boshqa o‘simliklar zaminimizda yetishtiriladi. Ular yilning to‘rt faslida ham xalqimiz dasturxonini bezab turadi.
❇️ Biz esa ana shu ne’matlardan unumli foydalansak, Abu Ali ibn Sinoning “Kimki sog‘lom turmush tarziga erishmoqchi, o‘z sog‘lig‘ini saqlamoqchi va mustahkamlamoqchi bo‘lsa, ovqatlanish tartibiga, iste’mol qilinayotgan ovqatning sifatiga, miqdoriga, ovqatni iste’mol qilish vaqti va uning hazm bo‘lish jarayoniga asosiy e’tiborini qaratmog‘i lozim”, degan so‘zlariga amal qilgan bo‘lamiz.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Maktab yoshidagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish qanchalik muhim?24-10-2025, 11:06
Xalqimizda un mahsulotlaridan tayyorlanadigan yeguliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.30-01-2025, 15:11
Xalqimizda un mahsulotlaridan tayyorlanadigan yeguliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.18-07-2025, 10:46
Boyitilgan un 95 foizgacha o'zining ozuqaviy moddalarini saqlab qoladi18-07-2025, 10:41
BALIQ KIMLARGA TAVSIYA ETILMAYDI?1-11-2025, 09:17