Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Maktab yoshidagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish qanchalik muhim?

Maktab yoshidagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish qanchalik muhim?

24-10-2025, 11:06
13
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (SanPiN)ga muvofiq, bolalarning ovqatlanishi ularning jismoniy rivojlanishi, aqliy faolligi, darslarda diqqat e’tiborini jamlashi va immunitetini mustahkamlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish nafaqat sog‘lom bo‘lishiga, balki turli yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olishga ham yordam beradi.

🍽Asosiy tamoyillar:

1️⃣Xilma-xillik – Bolaning haftalik ratsionida go‘sht (mol, tovuq, baliq), sut va sut mahsulotlari, sabzavot, meva, don mahsulotlari hamda dukkaklilar muntazam bo‘lishi kerak.

2️⃣Balanslanganlik – Oqsil, yog‘ va uglevodlar organizm ehtiyojiga mos miqdorda bo‘lishi shart. Masalan, oqsil manbalari (go‘sht, tuxum, sut), foydali yog‘lar (o‘simlik moyi, yong‘oq), sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar (non, yorma, kartoshka).

3️⃣Vitamin va minerallar – Ayniqsa temir, kalsiy, D vitamini va B guruhi vitaminlari bolalar uchun zarur. Bu suyaklarning sog‘lom o‘sishi va qon tarkibining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.

4️⃣Tozalikka rioya qilish – SanPiN talablariga ko‘ra, maktab oshxonalarida mahsulotlarni saqlash, tayyorlash va taqdim etishda gigiyena qoidalari qat’iy amal qilinishi lozim.

5️⃣Ovqatlanish rejimi – Bolalar kamida 4 mahal ovqatlanishi kerak:

✅Nonushta — kunni serg‘ayrat boshlash uchun muhim.

✅Tushlik — issiq birinchi va ikkinchi taomlar majburiy.

✅Poldnik (tamaddi) — meva yoki sut mahsulotlari.

✅Kechki ovqat — yengil va oson hazm bo‘ladigan bo‘lishi kerak.

🚫Cheklash zarur bo‘lgan mahsulotlar:

❗️Gazli ichimliklar, chips, fast-fud, ortiqcha shakarli shirinliklar.

❗️Haddan tashqari tuz va yog‘li taomlar.

💧Ichimlik rejimi – Bolalar kun davomida yetarli miqdorda toza suv ichishi kerak. 

🚫Shirin va gazlangan ichimliklar ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.