Me’yordan ortiq shakar iste’mol qilish nimalarga sabab bo‘ladi?
Me’yordan ortiq shakar iste’mol qilish sog‘lig‘ingizga jiddiy ta’sir qiladi.
🍭Qandli diabet – ortiqcha shakar qon glyukozasi darajasini oshiradi va bu uzoq muddatda insulin qarshiligiga olib keladi.
❌Semizlik – shakar ko‘p kaloriya beradi, lekin to‘yimlilik hissini bermaydi. Bu esa ortiqcha ovqatlanishga va tana vaznining oshishiga sabab bo‘ladi. Vaznning ortishi sizning harakatingizni cheklaydi.
🔥Yurak-qon tomir kasalliklari – shakar yurak kasalliklari xavfini oshiradi, chunki u yomon xolesterin va qon bosimini ko‘taradi.
🦷Tish emalining yemirilishi va kariyes – ko‘p miqdorda shakar iste’moli og‘izdagi bakteriyalar bilan reaksiyaga kirishib, kislota hosil qiladi va bu tishlarni yemiradi. Tish qatlamlarining yemirilishi tishlarning noziklashishi va to‘kilishiga olib keladi.
📈Jigar muammolari, ayniqsa, fruktoza shaklida bo‘lsa, jigar yog‘lanishiga va hatto gepatozni keltirib chiqarishi mumkin. Jigarning normal ishlamasligi oqibatida turli xastaliklar kuchayadi.
❗️Surunkali yallig‘lanish – shakar organizmda surunkali yallig‘lanishni qo‘zg‘atishi mumkin, bu esa ko‘plab surunkali kasalliklarning ildizi bo‘ladi.
“Shakarning ham ozi shirin”- deydi dono xalqimiz. Har bir mahsulotni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, inson uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarni rivojlanishiga imkon yaratadi.
‼️O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang!

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.