Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » SIBIR YaRASI KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?

SIBIR YaRASI KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?

10-10-2025, 10:06
22

Xalq orasida Sibir yarasi, ilohiy olov, Eron alangasi, yomon yara deb ham yuritilgan. Bu kasallikning bizda teri, o‘pka, ichak shakllari mavjud. Eng ko‘p uchraydigani va o‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilsa tuzalib ketadigan shakli terining ochiq joylarida uchraydigan teri yaralaridir.  Kasallikni “kuydirgi tayoqchalari” deb nomlangan bakteriyalar keltirib chiqaradi. Infeksiya tushgan joyda pufakcha paydo bo‘ladi, ichida gemorragik suyuqlik bo‘ladi. Pufakcha yorilgandan keyin uning o‘rnida yara paydo bo‘ladi.

 

Kasallik asosan, chorva bilan shug‘ullanuvchilar, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchilar, ovchilar hamda kasal hayvon mahsulotlariga yetarli ishlov berilmaganda va gigiena qoidalari buzilganda kasallik yuqishi mumkin. Yara hosil bo‘lishi bilan tana harorati ko‘tariladi, et uvishadi, bosh aylanadi, ko‘ngil ayniydi, holsizlanadi.

 

Kuydirgi kasalligi oldini olishda qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida doimiy veterinariya nazoratini olib borish, hayvonlar ichadigan suvlarni va yem-hashaklarni ifloslantirmaslik, molxonalarda sanitariya qoidalariga qattiq rioya qilib, hayvonlarni veterinariya nazoratisiz so‘ymaslik va go‘shtlarini aholigi tarqatmaslik shart. Kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar go‘shtini dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish; kasal hayvonlar yotgan joylarni 2 foiz formalin, 20 foiz xlorli ohak eritmasi, 10 foiz xloramin va boshqa vositalar bilan dezinfeksiya qilish, o‘lganlarni esa 2-2,5 metr chuqur qilib, ustiga 10 sm. qalinlikda ohak solib ko‘mish yoki yoqib yuborish shart.

 

Kuydirgi kasalligini oldini olishda sanitariya-profilaktika ishlarini kuchaytirish; qishloqlarda, maktablarda, chorvachilik korxonalarida, ovqatlanish shahobchalarida, suv havzalarida kasallikning kelib chiqishini oldini olish chora-tadbirlarini, shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga amal qilishning ahamiyatini tushuntirish o‘ta muhimdir.

 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.