LEYShMANIOZLAR TO‘G‘RISIDA NIMALARNI BILISh KERAK?
Kasallikning teri-leyshmanioz shakli O‘rta Osiyo (Turkmaniston, O‘zbekiston), Kavkaz orti, Afg‘onistonda Yaqin sharq, Afrika davlatlarida keng tarqalgan. Kasallik iskaptopar chaqqan joyda teri qoplamining zararlanishi va yaralarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Aholi migratsiyasining rivojlanishi ushbu kasallikni nafaqat endemik, balki boshqa geografik hududlarda ham tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Endemik o‘choqlar asosan cho‘l va yarim cho‘l hududlari, qishloq va shahar chetlarida uchraydi. Yozgi mavsumiylik iskaptoparlarning faollashgan davri bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekistonda teri leyshmaniozining o‘ziga xos klinik belgilari, qo‘zg‘atuvchi biologiyasining o‘ziga xosligi va kasallikning epidemiologik tarqalishiga ko‘ra ikkita turi uchraydi: zoonoz va antroponoz.
Kasallik rezervuari respublikaning cho‘l hududlarida keng tarqalgan katta qum va qizil dumli sichqonlar va boshqa kemiruvchilar hisoblanadi. Teri-leyshmanioz kasalligi bilan barcha yoshdagilar kasallanishi mumkin.
Kasallik tez-tez uchrab turadi, yashirin davrining – 1 haftadan 1-2 oygacha qisqaligi bilan ajralib turadi. Kasallikning eng avj olgan vaqti, ya’ni mavsumiyligi yozning oxiri va kuz oylariga to‘g‘ri keladi.
Kasallik asosan iskaptoparlar yashaydigan shahar va shahar tipidagi poselkalarda uchraydi. Mahalliy aholi o‘rtasida asosan bolalar, chetdan keluvchilar orasida barcha yoshdagilar ko‘proq kasallikka chalinadi. Kasallikka yozgi va kuzgi mavsumiylik xos bo‘lib, bu tarqatuvchilarning faolligi bilan bog‘liqdir.
Kasallikka barcha yoshdagilar beriluvchan. Zoonoz teri leyshmaniozidan uzoq yashirin davri (bir necha oydan yilgacha davom etadi) va ikkita o‘ziga xos bo‘lgan jihati, ya’ni, bemor yuzi, qo‘l va oyoqlarida yaraning asta sekin paydo bo‘lishi va terining kamroq zararlanishi bilan ajralib turadi.
Leyshmaniozning teri turlarida klinik ko‘rsatmaga asosan bemor shifoxonaga yotqiziladi. Davolash o‘tkazilmaganda ham sog‘ayish kuzatiladi. Bemor sog‘aygandan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISHI VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN...30-01-2025, 15:12
Virusli gepatit "A" kasalligidan ogoh bo‘ling!20-01-2025, 11:11
Pentavalent vaksinasi haqida nimalarni bilasiz?25-12-2024, 14:49
Gepatit S kasalligidan to‘liq sog‘ayishning imkoni bor24-03-2025, 10:08
Diareya kasalligidan yaqinlaringizni asrang!24-03-2025, 10:09