KUYDIRGI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?!
Kasallik xalq orasida Sibir yarasi, ilohiy olov, Eron alangasi, yomon yara deb ham yuritiladi. Ushbu kasallik bilan barcha turdagi xayvonlar, odamlar kasallanadi.
Kasallik asosan chorva bilan shug‘ullanuvchilar, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchilar, ovchilar, hamda kasal hayvon mahsulotlariga yetarli ishlov berilmaganda va gigiena qoidalari buzilganda yuqishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigani va o‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilsa tuzalib ketadigan shakli: - terining ochiq joylarida uchraydigan teri yaralaridir.
Kasallikning belgilari asosan, teriga tushgan kuydirgi tayoqchasi avval terida qichishishi bilan qizil dog‘ hosil qiladi. Dog‘ tugunchaga aylanib, bir necha soat ichida pufakcha hosil bo‘ladi. Yara hosil bo‘lishi bilan tana harorati ko‘tariladi, et uvishadi, bosh aylanadi, ko‘ngil ayniydi, holsizlanadi bu holat 5-7 kun davom etadi. Yuqorida belgilar kuzatilganda tezda vrachga murojaat qilish zarur.
Kuydirgi kasalligini oldini olishda quyidagi chora-tadbirlarga amal qilish kerak: hayvonlari orasida veterinariya nazoratini doimiy o‘tkazish, hayvonlar ichadigan suvlarni va yem-xashaklarni ifloslantirmaslik choralarini ko‘rish, molxonalarda sanitariya qoidalariga qattiq rioya qilish, doimiy profilaktik choralarini qo‘llash, hayvonlarni veterinariya nazoratisiz so‘ymaslik va go‘shtlarini aholiga tarqatmaslik.
Kuydirgi kasalligini oldini olishda sanitariya-profilaktika ishlarini kuchaytirish:-qishloqlarda, maktablarda, chorvachilik korxonalarida, ovqatlanish shahobchalarida, suv havzalarida kasallikning kelib chiqishini oldini olish chora-tadbirlarini, shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga amal qilishning ahamiyatini tushuntirish o‘ta muhimdir.
Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi











