Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » CHANGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?

CHANGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?

23-09-2025, 09:39
30
Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin. 

❓ Nima qilish kerak?

▶️Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;

▶️Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;

▶️Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);

▶️Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;

▶️Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; 

▶️Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;

▶️Nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;

▶️Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;

▶️Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash; 

▶️Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish.

▶️Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:

▶️Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;

▶️Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.

▶️Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;

▶️Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;

▶️Xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.

‼️Nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilamiz.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.