Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Botulizm kasalligining kelib chiqish sabablari haqida...

Botulizm kasalligining kelib chiqish sabablari haqida...

11-09-2025, 10:23
34
❌Aholi o‘rtasida xonadon sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanish – botulizm kelib chiqadi. 
‼️Buning sababi oddiy – uy sharoitida konserva mahsulotlari tayyorlashda hamma ham zarur texnologik jarayonlar, sanitariya me’yorlari va shaxsiy gigiena qoidalariga to‘la rioya qilmaydi. 
♻️Shuningdek, ularni belgilangan haroratda saqlashga ham ko‘pincha e’tibor berilmaydi. Natijada konservadagi botulizm sporalari tez rivojlanadi va zaharli toksinlar chiqaradi. 
✳️ Uy sharoitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik; 
✳️ belgilanmagan joylar, ko‘cha-ko‘ylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik; 
✳️ do‘konlardan konserva mahsulotlarini xarid qilish jarayonida mahsulot yorlig‘i va unda keltirib o‘tilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor berish; 
✳️ har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqamasdan yaxshilab ko‘zdan kechirish, qopqog‘i ko‘tarilmaganligiga, suyuqligining tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga e’tiborli bo‘lish. 

Botulizm kasalligiga chalinmaslik va uning oldini olish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, ko‘cha-ko‘y va noqonuniy savdo tarmoqlaridan konserva mahsulotlarini sotib olmaslik muhim hisoblanadi.

Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.