Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar...

❗️ Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
❓ Yaroqlilik muddati uzaytiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari (sexlar) quyidagi talablarga mos kelishi shart:
❗️texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan jihozlarning toʻliq toʻplamiga ega boʻlish;
❗️texnologik jarayon davomida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash uchun zarur laboratoriya nazoratini tashkil qilish;
❗️veterinariya, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan xom ashyo bilan taʼminlanish;
❗️oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun muzlatgichlar, sovutish xonalari va yetarli hajmga ega boʻlgan transport vositalariga (zarur haroratni saqlash sharoitlarini talab qiladigan mahsulotlar boʻlsa) ega boʻlishi.
❗️Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini belgilashda ishlatilgan tarkibiy qismlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini hisobga olish kerak. Koʻp tarkibli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish undagi yakuniy tarkibiy qismning yaroqlilik muddatiga mos kelishi kerak.
❌Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati oʻtganda va qadogʻi buzilgan taqdirda isteʼmol qilinmaydi.
❌Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum, bugʻ-gaz oʻtkazmaydigan plyonkalar va modifikatsiyalangan atmosfera sharoitida qayta vakuumlashga yoʻl qoʻyilmaydi. (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB/10005)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Diareya kasalligidan yaqinlaringizni asrang!24-03-2025, 10:09
“Keytring” usulda tushlik uchun berilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining sifati nazorat qilinib borilmoqda.14-10-2023, 09:25
Virusli gepatit "A" kasalligidan ogoh bo‘ling!20-01-2025, 11:11
❓Sartaroshxonalar va go‘zallik salonlarida mijoz qanday kasalliklarni yuqtirib olishi mumkin?26-02-2025, 09:56
Xalqimizda un mahsulotlaridan tayyorlanadigan yeguliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.30-01-2025, 15:11