Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » MENINGIT KASALLIGI PROFILAKTIKASI

MENINGIT KASALLIGI PROFILAKTIKASI

25-08-2025, 11:48
87

Meningit – bosh pardalarining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Meningitning har qanday turi bolalarning erta bolalik davrida ko‘p kuzatilib, og‘ir va har xil asoratlar bilan kechadi. Katta yoshdagilarda meningit kam uchraydi va biroz yengil kechadi.

Sabablari

Meningitlar etiologiyasiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi; bular virusli va bakterial meningitlardir. O‘tkazilayotgan ilmiy tekshiruvlardan ma’lumki, hozirgi vaqtda ayrim davlatlarda virusli meningitlar ko‘proq uchramoqda. 

Bakterial tabiatli seroz meningitlar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Ularni bakterial floralar keltirib chiqaradi.  Meningokokk, pnevmokokk, gemofil tayyoqchasi, streptokokklar, stafilokokk, sil, brusellyoz, salmonellyoz, dizinteriya, qorin tifi tayoqchasi bakterial meningitlarni chaqiradi. 

Belgilari

To‘satdan bemorning tana harorati 39-40°S gacha oshadi, kuchli bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, ketma-ket qusadi, boshi orqaga qayrilib yotib qoladi.Bolalar boshini tuta olmay qolishadi. 

Badaniga kasallikni chaqirgan qo‘zg‘atuvchining turiga qarab har xil toshmalar toshishi kuzatiladi. Biroz vaqt o‘tmay bola xushini yo‘qotib komaga tushishi yoki tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin. Bir qarashda mazkur bemorlarga tashxis qo‘yish osondek ko‘rinadi.

Yordam ko‘rsatish kanday olib borilishi kerak ?

Zudlik bilan “Tez yordam” chaqiriladi va bemor shifoxonaga olib boriladi. Bemorlardagi mazkur kasallik belgilari rivojlanganda, kasallikning sababini bilmasdan turib, xech qanday dori vositalari qabul qilmaslik lozim. Bemor yotgan uy dezinfeksiya qilinishi va oila a’zolari vrach tekshiruvidan o‘tib nazoratga olinishi lozim.

 

Meningit kasalligiga chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor berishimiz lozim?

1. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish.

2. Har bir ovqatlanishdan oldin albatta qo‘llarni sovunlab yuvish lozim.

3. Suyuqliklar (suv va boshqalar) ichish uchun shaxsiy idishga ega bo‘lish va bu idishni boshqa shaxslarga foydalanish uchun bermaslik kerak.

4. Agar tabiat qo‘ynida dam olish yoki boshqa maqsadlarda bo‘linsa, har xil xashoratlar chaqishidan (har xil turdagi kasallik yuqtiruvchi chivinlar) himoyalanish choralarini ko‘rishi kerak.

5. Organizmning immunobiologik quvvatini oshirib borishi, to‘g‘ri va oqsillarga boy ovqatlanishi hamda dam olishni tashkil etish.

6. Mavsumga xos kiyinish.

7. Har qanday bosh miya shikastlanishlariga xos belgilarni sezgan zaxotiyoq zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishi lozim. Bu xolatlarda o‘zboshimchalik bilan davolanishlarga yo‘l qo‘ymaslik muximdir.

8. Organizmdagi ayniqsa yuqori nafas yo‘llaridagi har qanday yallig‘lanishlar va surunkali kasalliklarni o‘z vaqtida davolatishi kerak.

9. Albatta har bir yoshga xos va kasalliklarga qarshi davlatimiz tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik emlashlarni o‘z vaqtida kechiktirmasdan olinishiga alohida e’tibor berilishi lozim. 

 

Sanepidqo‘mita Bog‘ot tuman bo‘limi

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.