Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Urganch davlat tibbiyot institutida “Infeksiyalar va jamoat salomatligi: dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Urganch davlat tibbiyot institutida “Infeksiyalar va jamoat salomatligi: dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

9-06-2026, 10:03
6
Anjuman institut rektori Ruziboyev Rashid ochib berib, infeksion kasalliklar va jamoat salomatligini muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shuningdek, anjumanda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassislar hamda mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

📊Anjuman davomida xorijiy ekspertlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan infeksion va parazitar kasalliklarning oldini olish, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash hamda jamoat salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.

♻️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Baxodir Yusupaliyev ham mazkur mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, infeksion kasalliklarning oldini olish, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va jamoat salomatligini mustahkamlash bo‘yicha o‘z tavsiya hamda takliflarini bildirdi.

Anjumanda Koreyaning KOICA va Koreya universiteti vakillari qatnashib, 2 nafar professor ma'ruzalar bilan ishtirok etishdi.

🔰Anjumanning asosiy maqsadi yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi kurashish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ilmiy va amaliy sa’y-harakatlarini birlashtirish, kasalliklarni tashxislash, davolash hamda profilaktika qilishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama etishdan iborat. Shuningdek, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va almashish, innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda mahalliy va xorijiy olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash anjumanning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

‼️Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar kelgusida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, infeksion kasalliklarning oldini olish hamda jamoat salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.