E’LON
Bog‘ot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi barcha fuqarolar, muassasa va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari hamda hamkor idoralar e’tiboriga rasman ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025 yildagi PQ-336-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq, shuningdek ish jarayonlarini tizimli tashkil etish, xodimlar mehnat samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatiladigan sanitariya-epidemiologik xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida bo‘lim faoliyati 2026 yil 1 aprel kunidan 5 kunlik ish rejimiga o‘tkaziladi.
Mazkur tartib fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, sanitariya qonunchiligi ijrosini ta’minlash, epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash hamda jamoat salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🗓 Ish tartibi- Ish kunlari: Dushanba – Juma
- Ish vaqti: 08:30 – 16:42
- Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00
- Dam olish kunlari: Shanba va Yakshanba
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ish kunlari belgilangan vaqtlarda qabul qilinadi
- Yozma va elektron murojaatlar doimiy ravishda qabul qilinib, qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi
- Sanitariya-epidemiologik va boshqa davlat xizmatlari tasdiqlangan ma’muriy tartib-taomillar asosida amalga oshiriladi
- Aholi salomatligini muhofaza qilish
- Yuqumli va ommaviy kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish
- Sanitariya qoidalari va gigiena normativlariga rioya etilishini ta’minlash
- Tadbirkorlik sub’ektlariga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish
- Davlat sanitariya nazorati samaradorligini oshirish
📍 Manzil: Bog‘ot tumani Oq tepa maxallasi Toshkent ko'chasi 38-uy
Ma’muriyat
Bog‘ot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi
