TERI OSTIDAGI KO‘RINMAS DUSHMAN - QICHIMA HAQIDA NIMALARNI BILISH KERAK?
Qichima terining ichiga kirib, tuxum qo‘yadigan mikroskopik kanalar qo‘zg‘atadigan parazitar kasallik bo‘lib, kuchli qichishish va toshmalarni keltirib chiqaradi.
Qichima butun dunyo bo‘ylab tarqalgan, daromad darajasi past bo‘lgan tropik hududlarda esa keng tarqalgan kasallik. Kichik yoshdagi bolalar va qariyalar infeksiya yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan aholi guruhiga kiradi.
Dunyoda har yili 400 million kishi ushbu kasallik bilan kasallanadi.
Qichima odatda terining yumshoq qisimlarida, barmoq orasi, qo‘l, bilak ichki qismi, qorin va bel sohasida belgilar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Qichimaning asosiy belgilari:
✔️ 1. Kuchli qichishish, ayniqsa, kechqurun va tunda kuchayadi, organizmning kanasiga nisbatan reaksiyasidan kelib chiqadi.
✔️ 2. Teridagi toshmalar, mayda puffakchalar, tugunchalar yoki qizil dog‘lar. Ba’zan esa po‘stloqlar paydo bo‘ladi.
✔️ 3. Qichima yo‘llari – terida ingichka kul rang yoki oqish chiziqlar (2-10 mm) paydo bo’ladi, bu kana terining ostida hosil qiladigan "tunnellar"dir.
Ushbu kasallikdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatib o‘tamiz:
📌 shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish;
📌 boshqalarning kiyimlari, sochiq, choyshab, ko‘rpa-to‘shakni umumiy ishlatmaslik;
📌 sport kiyimlari va maxsus formalarni almashmaslik;
📌 kiyimlarni tez-tez almashtirish;
📌 kasallangan odam bilan yaqin aloqadan qochish, ayniqsa unda qichishadigan toshma kuzatilsa;
📌oila a’zolaridan birida qichima aniqlanganda, boshqalarga kana yuqishining oldini olish uchun butun oilani davolash;
📌 zararlangan odam bilan aloqada bo‘lgan ko‘rpa-to‘shaklar va kiyim-boshlarni yuvish va quritish, bunda issiq suvdan foydalanish va to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ostida, issiq quritgichda quritish yoki bu buyumlarni kimyoviy tozalashga berish;
• kanalarni yo‘qotish uchun yuvilmaydigan buyumlarni bir hafta muddatga polietilen xaltaga solib, muhrlab qo‘yish;
Agar kechasi kuchli qichishish, barmoq orasi, qo‘l, qorin yoki dumg‘azada mayda donachali toshma yoki boshqa kasallik belgilari paydo bo‘lsa, darhol shifokorga (dermatovenerologda) murojaat qilish kerak.
Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni barqaror ushlash hamda chetdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish maqsadida doimiy nazorat olib borilmoqda.
Har qanday kasallikning oldini olishda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblanishini unutmang.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
LEYShMANIOZLAR TO‘G‘RISIDA NIMALARNI BILISh KERAK?24-03-2025, 10:10
Emlash nima uchun kerak?18-09-2025, 09:34
Emlash nima uchun kerak?5-11-2025, 11:15
BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISHI VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN...25-10-2025, 10:23
KUYDIRGI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?!21-08-2025, 11:23