Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » BOYITILGAN UN ISTE'MOL QILISH KASALLIKLAR RIVOJLANISHINING OLDINI OLADI

BOYITILGAN UN ISTE'MOL QILISH KASALLIKLAR RIVOJLANISHINING OLDINI OLADI

22-11-2025, 11:12
15

🔷 Xalqimiz eng ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlar turiga un mahsulotlarini kiritish mumkin. Afsuski unga ishlov berish chog‘ida tarkibidagi ozuqaviy moddalarning aksariyat qismi yo‘qolib ketadi.

 

️ Shuning uchun barcha kerakli moddalarni yana unga qaytarish lozim. Shu o‘rinda qanday qilib, degan o‘rinli savol yuzaga keladi.

 

‼️ Bunga faqat unni boyitish bilan erishish mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tegirmonlarda un ishlab chiqarilayotganda un vitaminlar, foliy kislotasi va temir moddasi bilan to‘yintiriladi. Bu moddalarga ishlov berish jarayonida qiymatini yo‘qotmasligi uchun yakuniy bosqichda qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladiki, natijada bir siqim unda ham barcha ozuqaviy moddalar mavjudligiga erishiladi. 

Boyitilgan undan pishirilgan taom, non va boshqa mahsulotlar o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi, ta’mida ham o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Non yopish jarayonida boyitilgan un 95 foizgacha o‘zining ozuqaviy moddalarini saqlab qoladi.

 

🔷 Ma’lumki vitaminlar, minerallar va mikroelementlar inson organizmida muhim rol o‘ynaydi. Mikronutrientlar – inson organizmining normal o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan, o‘rnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar) hisoblanadi. Mikronutrientlar tarkibiga inson tanasi o‘z-o‘zidan hosil qila olmaydigan mikrominerallar va vitaminlar kiradi. Ular metabolizm, inson miyasi va asab tizimining ishlashi, qon ivishining oldini olish va immun tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. 

 

️ Bir so‘z bilan aytganda, inson tanasida biron-bir jarayon mikroelementlar ishtirokisiz o‘tmaydi. Inson organizmining oziq-ovqat bilan tushadigan mikronutrientlar еtarli emasligi sababli kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.

 

‼️Mikroelementlarning inson taomlanishi ratsioniga muntazam ravishda qo‘shilishi salomatlikni asrash hamda mustahkamlashning oddiy va juda samarali usulidir.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.