Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » GRIPP KASALLIGIDAN OGOH BO‘LING!

GRIPP KASALLIGIDAN OGOH BO‘LING!

Сегодня, 10:04
5

Gripp eng keng va tez tarqaladigan o‘tkir yukumli kasallik bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Kasallik uchun mavsumiylik xos bo‘lib, asosan kuz va qish oylarida ko‘p tarqaladi.

Kasallik atrofdagi sog‘lom odamlarga asosan havo-tomchi yo‘li bilan  bemor aksirganda, yo‘talganda, gaplashganda tez yuqadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi sog‘lom odamga tezda yuqadi. Kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o‘tadi. Kasallik to‘satdan va o‘tkir boshlanadi. Gripp nafas yo‘llarini yallig‘lanishi bilan boshlanib, keyinchalik bemorda tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi, bosh va tomoq og‘rishi, burun bitishi, burundan suyuqlik ajralishi, yo‘tal, mushaklarda og‘riq, holsizlik, ishtahani buzilishi ba’zi hollarda qusish holatlari kuzatiladi.

Kasallik bemorlarda yengil, o‘rta va og‘ir shakllarda kechadi. Kasallikning eng xavfli asoratlari o‘pka to‘qimalarini yallig‘lanishi pnevmoniya, meningit, meningoensefalit, otit, sinusit, nefrit, pielonefritlardir. Shuning uchun ham, xalq orasida grippning o‘zi emas, balki uning asoratlari yomon degan fikr bejiz aytilmagan. Ba’zida, ya’ni grippning yengil shakllari bilan og‘rigan bemorlar atrofdagilar uchun ko‘proq xavf tug‘diradi, chunki bunday bemorlar aksariyat hollarda uyida davolanmasdan, kasalligiga yetarli darajada e’tibor bermay, oyoqda o‘tkazadilar. 

O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojaat eting va doimo quyidagilarga amal qiling:

- Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan bemorlar isitma davrida albatta yotishi va shifokorni uyiga chaqiring; 

-  kasallikni oyoqda o‘tkazmang; 

 shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tuting;

 agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qiling; 

- bemorga qarayotganlar burun va og‘izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sing va qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvib turing;

- bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshiring;

- bemorlar ko‘proq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qiling;

-  kasallangan davrda jamoat joylariga bormang;

 yo‘talgan va aksirganda og‘iz-burunni ro‘molcha bilan yoping;

O‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmaslik tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.