Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Respirator kasalliklaridan qanday himoyalanish mumkin?

Respirator kasalliklaridan qanday himoyalanish mumkin?

2-10-2026, 16:04
42
Har yili kuz-qish mavsumida o‘tkir respirator virusli infeksiyalari (O‘RVI) bilan kasallanish holatlari ko‘payadi. Ular viruslar, bakteriyalar, ba’zan esa zamburug‘lar orqali yuzaga kelishi mumkin. Asosan, O‘RVI virusli xususiyatga ega.

🔍 Yuqish yo‘llari:

📌Havo-tomchi orqali — yo‘talganda, aksirganda yoki suhbat chog‘ida;

📌Maishiy yo‘l bilan — umumiy idishlar yoki maishiy buyumlardan foydalanganda.

❗️Asoratlari: Pnevmoniya, otit, sinusit va meningit.

💉Himoyalanishning eng samarali usuli — vaksinatsiya. U aholining katta qismida immun himoyasini shakllantiradi.

🗓Qachon emlanish kerak?

Har yili kasallanish mavsumi boshlanishidan oldin — sentyabr-oktyabr oylarida, chunki gripp virusi tez-tez o‘zgaradi.

🧼Respirator kasalliklarning oldini olish uchun tavsiyalar:

➡️Kasal alomatlari bor odamlar bilan muloqotdan saqlaning;

➡️Qo‘llarni tez-tez va to‘g‘ri tarzda sovun bilan yuving;

➡️Telefon va boshqa buyumlarni antiseptik vositalar bilan tozalang;

➡️Qo‘llar iflos bo‘lganda yuzingizga tegmang;

➡️Har kuni nam tozalash va xonani shamollatib turing;

➡️ Ko‘proq sof havoda bo‘ling.

🍒 Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini saqlang: yetarli uxlang, jismoniy faol bo‘ling, to‘g‘ri ovqatlaning va C vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling.

🏠 Agar oilada kasal kishi bo‘lsa — uning aloqasini cheklang, alohida idish va so‘rg‘ich bering, xonasini shamollating va har kuni nam tozalash ishlarini olib boring.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.