Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » O’tkir yuqumli ichak kasalligining oldini olish uchun:

O’tkir yuqumli ichak kasalligining oldini olish uchun:

26-05-2026, 11:01
16
1️⃣Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling, qo’lingizni tez-tez sovun bilan yaxshilab yuving, ayniqsa ovqatdan oldin va hojatxonaga borganingizdan keyin;

2️⃣Qaynatilgan suvdan foydalaning;

3️⃣Sabzavot, mevalar, rezavorlarni ishlatishdan oldin qaynatilgan suvda yaxshilab yuving;

4️⃣Tasodifiy shaxslardan yoki ruxsat etilmagan savdo joylaridan oziq-ovqat sotib olmang;

5️⃣Issiq ovqat tayyorlashda gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa tez buziladigan mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash shartlari, xomashyo va pishirilgan ovqat mahsulotlarini alohida saqlang;

6️⃣Ovqatlarni, ayniqsa go’sht, parranda go’shti, tuxum va dengiz mahsulotlarini yaxshilab qovuring yoki qaynatib oling;

7️⃣Tez buziladigan ovqatlar va tayyor ovqatlarni muzlatgichda saqlang;

8️⃣Yangi pishirilgan ovqatni oldingi kun qoldiqlari bilan aralashtirmang. Agar pishirilgan ovqat yana bir kun qolsa, uni iste’mol qilishdan oldin issiqlik bilan ishlov bering (qaynatish yoki qovurish);

9️⃣Chivin va suvaraklarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymang;

🔟Uyda doimo tozalikni saqlang va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, yosh bolalarga qaynatilmagan sut, xom tuxum bermang, pishirish uchun faqat yangi mahsulotlardan foydalaning.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.