Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Bolangizni gelmintlardan himoyalang!

Bolangizni gelmintlardan himoyalang!

14-01-2026, 10:20
6
🔻 Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhidir. Ular inson tanasida yashaydi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.

🔺Yuqish yo‘llari:

🔹 kundalik sharoitida — iflos qo‘llar orqali;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlardan — yuvilmagan sabzavotlar, mevalar, o‘t mahsulotlari, ochiq suv havzalaridan suv orqali, qizdirib ishlov berilmagan boshqa mahsulotlar orqali;
🔹 kamdan-kam hollarda gelmint tuxumlari yutinganda yoki nafas olganda havo va chang orqali.

📣 Agar bolangiz gelmentlarni yuqtirib olgan bo‘lsa ularda quyidagi belgilar kuzatiladi:
🔹  o‘zini yomon his qilish, zaiflik, charchoq, 
🔹  asabiylikning kuchayishi,
🔹  allergik reaksiyalar (toshma),
🔹  ishtahaning pasayishi yoki aksincha doimiy ochlik hissi,
🔹  qorin og‘rig‘i, dam bo‘lishi va boshqa ovqat hazm qilish muammolari,
🔹  ta’mga bo‘lgan moyillikni o‘zgarishi,
🔹  tana haroratining ko‘tarilishi, 
🔹  yuqori nafas yo‘llarining shikastlanishi, quruq yo‘tal, nafas qisilishi, 
🔹  mushaklar va bo‘g‘imlarning og‘rig‘i.

‼️ Gelmentlarni yuqtirib olmaslik uchun quyidagi gigiуenik qoidalarga rioya qilishingiz talab etiladi:

🔹 ovqatlanishdan oldin, jamoat joylari va ko‘chadan kelganda, hayvonlar va tuproq bilan aloqa qilgandan keyin qo‘lni sovun bilan yuvish;
🔹  sabzavot va mevalarni 5-10 daqiqa davomida oqar suvda yuvish va xom holda iste’mol qilinadigan mahsulotlarni qaynoq suv bilan yuvish;
🔹 faqat yaxshi qaynatilgan va qovurilgan go‘sht mahsulotlarini (hayvon go‘shti, baliq) iste’mol qilish;
🔹  xom suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik;
🔹 yaylovlar va hayvonlarni sug‘orish joylari yaqinida joylashgan ifloslangan suv havzalarida suzishdan saqlanish;
🔹  yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda xonalarda muntazam ravishda nam tozalashni amalga oshirish;
🔹  gilamlar, yumshoq o‘yinchoqlar, ko‘rpalar, yostiqlar, matraslarni tozalash va ularni toza havoda shamollatish;
🔹  choyshab va ichki kiyimlarni toza tutish, ularni issiq dazmol bilan dazmollash; 
🔹 alohida yotoqda uxlash, boshqa odamlarning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanmaslik;
🔹  suv kranlarini, eshik tutqichlarini, hojatxonalarni, tungi tuvaklarni dezinfeksiyali eritma yoki qaynoq suv bilan tozalash; 
🔹  o‘g‘it sifatida yangi najas/go‘ngni faqat qayta ishlangandan (kompost qilinganidan) keyin foydalanish;
🔹  uy hayvonlarini gelmintozdan o‘z vaqtida davolash;
🔹  infeksiyani oldini olish uchun hayvonlarni saqlash qoidalariga rioya qilish.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.