Gigiyenaga rioya qiling va qoʻlingizni mikroblardan asrang!
Mikroblar hamma joyda mavjud - tuproqda, suvda, havoda, oziq-ovqatlarda, bizning tanamizda va terida. Ular zararsiz va zararli boʻlishi mumkin. Zararli mikroblar (patogenlar) turli infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan:
🚨ichak infeksiyalari — dizenteriya, gepatit A, salmonelloz, rotavirus, enterovirus infeksiyasi va boshqalar;
🚨oʻtkir respiratorli infeksiyalar — adenovirus, gripp, koronavirus va boshqalar;
🚨parazitar kasalliklar — gijjalar – ostritsa, askarida, lambliya va boshqalar;
🚨yuqumli teri va zamburugʻli kasalliklari.
💧Qoʻl yuvish — kasalliklarni oldini olishning eng oson va arzon usuli. Qoʻllarni sovun bilan yuvish — zararli mikroblarning inson tanasiga kirib, infeksiyaning kelib chiqishini oldini oladi.
Qoʻllarni qachon yuvish kerak?
✈️Jamoat joylarida boʻlgandan soʻng.
✈️Ovqat pishirishdan oldin, pishirish vaqtida va keyin (ayniqsa, xom goʻsht bilan ishlagandan keyin).
✈️Ovqatlanishdan oldin.
✈️Hojatdan keyin.
✈️Burunni qoqqandan, yoʻtalgandan yoki aksirgandan keyin.
✈️Jonzotlar bilan oʻynagandan yoki ularga qaragandan keyin.
✈️Chiqindilarga qoʻl bilan tekkandan keyin.
✈️Infeksiya belgilari boʻlgan odamlarni parvarish qilishdan oldin va keyin.
✈️Yara va jarohatlarni davolashdan oldin va keyin.
✈️Taglikni almashtirgandan oldin va keyin hamda bolalar tuvagini tozalagandan soʻng.
✈️Kir kiyimni ushlagandan soʻng.
✈️Kimyoviy va tozalash vositalari bilan ishlagandan keyin.
✈️Pulni ushlagandan soʻng.
✈️Kontakt linzalarni taqish yoki olib tashlashdan oldin.
✈️Qoʻllaringiz iflos ekanligini payqaganingizda.
❓Qoʻllarni qanday yuvish kerak?
Koʻpchilik qoʻllarini notoʻgʻri yuvadilar: sovundan foydalanmaydilar, yoki qoʻllarini qisman (faqat barmoq uchlarini) yoki chala yuvadilar.
Qoʻllarni togʻri yuvish uchun:
✔️qoʻlingizni suv ostida xoʻllang;
✔️qoʻllarni sovunlab, barcha yuzalarini, shu jumladan kaftlarning orqa tarafi, barmoqlar orasi va tirnoq ostini kamida 40-60 soniya davomida yaxshilab ishqalang;
✔️qoʻllarni suv bilan chayib tashlang;
✔️qoʻllarni toza, quruq sochiq yoki qogʻoz salfetka bilan yaxshilab quriting.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Gigiyenaga rioya qiling va qoʻlingizni mikroblardan asrang!26-02-2025, 09:55
CHANGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?23-09-2025, 09:39
TOZA QO‘LLAR — SALOMATLIK ASOSI!23-07-2025, 10:37
O'tkir yuqumli ichak kasalliklari yuqishidan saqlaning!16-07-2025, 11:30
Pentavalent vaksinasi haqida nimalarni bilasiz?25-12-2024, 14:49