BOLA BIR UMRGA FALAJ BO‘LIB QOLMASLIGI UChUN…
Har bir ota-ona farzandining sog‘lom va baquvvat bo‘lishiga e’tibor qaratadi, kelajakda baxtli hayot kechirishi uchun harakat qiladi.
Albatta, bolaning sog‘lom o‘sishi, turli kasalliklarga chalinishining oldini olib, to‘g‘ri ovqatlanishiga e’tibor qaratilishi kelgusi hayotini belgilaydigan omil hisoblanadi. Afsuski shunday kasalliklar borki bolalarda umrbod majruhlikka olib keladi. Poliomielit ana shunday kasalliklardan biridir. Kasallikka chalingan bemor bir umrga nogironga aylanadi. Hozirgi kunda shol kasalligining oldini olishda eng samarali usul kasalikka qarshi emlash hisoblanadi. Xo‘sh, poliomielit kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar nimalar, alomatlari, unga qarshi qanday choralar ko‘rish lozim? Quyida aynan shu savollarga javob olishingiz mumkin.
Poliomielit – o‘tkir shol kasalligi bo‘lib, uni mayda, hatto oddiy mikroskopda ham ko‘rib bo‘lmaydigan viruslar chaqiradi. Kasallik asab tizimi, ayniqsa orqa miyani shikastlaydi. Poliomielit bilan asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadilar. Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 5-12 kun bo‘lib, ba’zida 35 kungacha davom etishi mumkin.
Kasallikning paralitik bo‘lmagan shaklida – ko‘pincha qisqa muddatli isitma, yo‘tal, tomoqda og‘riq bo‘ladi. Ko‘ngil ayniydi, qusish, ich ketish kuzatiladi.
Paralitik shaklida – tana harorati yuqori bo‘ladi, nafas qisilishi, shamollash belgilari, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, bosh, bel, oyoq-qo‘llarda kuchli og‘riq, alahsirash va meningial belgilar, yuz nervi va mimik muskullarda falajlik, oyoq, tana bo‘yin va diagfragmada bo‘shashgan paralich kuzatilishi mumkin.
Albatta, kasallikka ko‘riladigan chora bormikin, degan savol tug‘iladi. Kasallik alomatlari kuzatilganda, shifokorga erta murojaat qilish muhim hisoblanadi. Albatta shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, davo muolajalarini olish lozim. Farzandlarimizning sog‘lom bo‘lishi uchun bu juda muhim jihatdir.
Poliomielit kasalligining oldini olishda yagona chora kasallikka qarshi emlashdir. Xalqimizda kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal degan naql bor. Shunday ekan, farzandlarimiz sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishni, o‘z vaqtida emlatishni unutmang.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.