ААА
RRR
ShShSh
Saytdan izlash
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Bog'ot tuman bo'limi

Saytning odatiy versiyasiga qaytish

Noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatlari

‼️Ratsional (to‘g‘ri) ovqatlanish – bu to‘liq balanslangan va optimal ovqat qabul qilish rejimiga xos bo‘lgan ovqatlanish prinsiplariga rioya qilishdir.

📝 Ovqatlanish hayotning asosiy biologik ehtiyojidir. Ovqat, o‘z navbatida, organizmning rivojlanishi va metabolizmni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan quvvatni beradi, organizmning o‘sishi va to‘g‘ri shakllanishini, sog‘liqni saqlashini ta’minlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari foydali, xilma-xil, to‘yimli va miqdoriy jihatdan optimal bo‘lishi lozim.

🍜Nonushta qilmaslik, tez-tez tamaddi qilish, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish, tuzli ovqatlar yeyish – bularning barchasi ovqatlanishdagi eng zararli odatlardir. Doimiy ravishda sog‘lom ovqatlanish qoidalarining buzilishi o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va surunkali kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi. Hozirda o‘smirlar orasida semizlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari kabi xastaliklar sonini ortishi jiddiy xavotirni chaqirmoqda.

❌Noto‘g‘ri ovqatlanish o‘sib borayotgan organizmni zarur oziq moddalar bilan to‘yina olmasligiga olib keladi. Misol uchun, temir moddasi kam bo‘lgan ratsion temir tanqisligi anemiyasining tez-tez uchrashiga olib keladi.

Kerakli ozuqa moddalarining yetishmasligi sog‘liq bilan bog‘liq quyidagi muammolarga olib kelishi mumkin:

💁‍♀️doimiy bosh aylanishi;

💆‍♀️charchoqning kuchayishi;

🧪immunitet tizimining zaiflashishi;

🧴tishlarning buzilishi;

🏌️‍♀️bo‘g‘inlardagi muammolar;

🚶‍♂️suyaklarning mo‘rtlashishi, ularning sinishi xavfi ortishi;

📈bo‘y o‘smaslik;

🧮 qizlarda – hayzning buzilishi.

Aslida ovqatlanish odatlarni o’zgartirish unchalik qiyin emas. Bu tufayli yuzaga keladigan kichik vaqtinchalik noqulaylik to’g’ri ovqatlanish organizm uchun olib keladigan foydadan ustun bo’la olmaydi.