Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatlari

Noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatlari

14-08-2026, 09:23
26
Ratsional (to‘g‘ri) ovqatlanish – bu to‘liq balanslangan va optimal ovqat qabul qilish rejimiga xos bo‘lgan ovqatlanish prinsiplariga rioya qilishdir.

📝 Ovqatlanish hayotning asosiy biologik ehtiyojidir. Ovqat, o‘z navbatida, organizmning rivojlanishi va metabolizmni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan quvvatni beradi, organizmning o‘sishi va to‘g‘ri shakllanishini, sog‘liqni saqlashini ta’minlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari foydali, xilma-xil, to‘yimli va miqdoriy jihatdan optimal bo‘lishi lozim.

🍜Nonushta qilmaslik, tez-tez tamaddi qilish, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish, tuzli ovqatlar yeyish – bularning barchasi ovqatlanishdagi eng zararli odatlardir. Doimiy ravishda sog‘lom ovqatlanish qoidalarining buzilishi o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va surunkali kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi. Hozirda o‘smirlar orasida semizlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari kabi xastaliklar sonini ortishi jiddiy xavotirni chaqirmoqda.

❌Noto‘g‘ri ovqatlanish o‘sib borayotgan organizmni zarur oziq moddalar bilan to‘yina olmasligiga olib keladi. Misol uchun, temir moddasi kam bo‘lgan ratsion temir tanqisligi anemiyasining tez-tez uchrashiga olib keladi.

Kerakli ozuqa moddalarining yetishmasligi sog‘liq bilan bog‘liq quyidagi muammolarga olib kelishi mumkin:

💁‍♀️doimiy bosh aylanishi;

💆‍♀️charchoqning kuchayishi;

🧪immunitet tizimining zaiflashishi;

🧴tishlarning buzilishi;

🏌️‍♀️bo‘g‘inlardagi muammolar;

🚶‍♂️suyaklarning mo‘rtlashishi, ularning sinishi xavfi ortishi;

📈bo‘y o‘smaslik;

🧮 qizlarda – hayzning buzilishi.

Aslida ovqatlanish odatlarni o’zgartirish unchalik qiyin emas. Bu tufayli yuzaga keladigan kichik vaqtinchalik noqulaylik to’g’ri ovqatlanish organizm uchun olib keladigan foydadan ustun bo’la olmaydi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.