UYDA SAQLANAYoTGAN ITLAR TIShLAShI NATIJASIDA O‘N MINGLAB FUQAROLAR JABR KO‘RADI
‼️ Odamlar uchun quturish kasalligi qo‘zg‘atuvchisining manbai – 95-97 foiz holatlarda it, 3-5 foiz holatlarda esa mushuk va boshqa hayvonlar hisoblanadi.
🛑 Quturish kasalligi odamga hayvonlardan asosan tishlashi, ayrim hollarda tirnashi va so‘laklashi natijasida yuqadi.
Kasallik hayvondan hayvonga, hayvondan odamga yuqadi, biroq odamdan odamga va odamdan hayvonlarga yuqmaydi. Shu sababli quturish kasalligini birinchi navbatda hayvonlar o‘rtasida qayd etilishiga yo‘l quymaslik kerak.
❌ Afsuski respublikamizda aksariyat fuqarolar it saqlash qoidalariga rioya qilishmaydi, ular bu qoidalarni yaxshi bilishmaydi.
Buning natijasida o‘n minglab fuqarolarmiz uyda saqlanayotgan itlar tishlashi natijasida jabr ko‘radi.
💉 Hayvon tishlashidan jabrlanganlarni emlash uchun davlatning miliardlab mablag‘lari sarflanayotganligi ham ko‘pchilikka sir emas.
Fuqarolar hayvon tishlashi natijasida ham jismoniy, ham moddiy, ham ma’naviy zarar ko‘radi, eng qo‘rqinchlisi ularda buning natijasida o‘lim muqarrar bo‘lgan quturish kasalligining yuqish xavfi tug‘iladi.
🦮 Ba’zi fuqarolar uylaridagi itlari kasal bo‘lsa yoki uni boqa olmasa, itlarini ko‘chaga haydashadi yoki qaerlargadir tashlab kelishadi. Shundan keyin bu itlar qarovsiz, daydi itlarga aylanib qoladi. Daydi itlar esa quturish kasalligi manbai sifatida atrofdagilarga juda katta xavf tug‘diradi.
🐕🦺 Bugungi kunda respublikamizda daydi itlarni yo‘qotish masalasi ham katta bir muammoga aylanib qolgan. Bu muammoni ham fuqarolarimizni o‘zi tug‘dirayapti. Chunki itlar hududlarimizga boshqa hududlardan yoki boshqa “sayyora”dan kelib qolmaydi.
🟢 Quturish kasalligining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar:
🔹 Hududlarda daydi hayvonlarni, ayniqsa it va mushuklarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik,
🔹 egali it va mushuklarni saqlash qoidalariga muntazam va puxta amal qilish,
🔹 ularni o‘z vaqtida veterinariya idoralarida hisobga olib, quturish kasalligiga qarshi emlash,
‼️ Eng asosiysi odamlarni hayvonlar tishlashidan asrash – odamlar o‘rtasida bedavo o‘ta xavfli va dahshatli quturish kasalligidan saqlanish garovidir.











